January 23

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Elmanova Mastura Toshnazarovna "Step by step"to‘garagining "Using AI technologies in materials design"mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Milliy g‘oya va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni hayotga tatbiq etish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lash, Vatanga sadoqatli va yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng qamrovli ilmiy va ijodiy ishlar olib borilmoqda. Yoshlarni hayotga maqsadli yondashish va vaqtni to‘g‘ri tashkil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning iste’dod va salohiyatini rivojlantirish ushbu to‘garakning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi bu jarayonda faol ishtirok etib, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Shu doirada Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Elmanova Mastura Toshnazarovna 11-7ing-21 guruh talabalari uchun 23.01.2025 sanasida "Step by step" to‘garagining "Using AI technologies in materials design" mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Dars boshida o‘qituvchi so‘z boyligini oshirish va yangi so‘zlarni o‘rganishda foydali bo‘lgan manbalar (lug‘atlar, interaktiv o‘yinlar, filmlar, badiiy adabiyotlar, qo‘shiqlar va she’rlar) haqida tushuntirish berdi. So‘ngra, talabalar o‘rtasida mavzuga oid qiziqarli interaktiv o‘yinlar va bahs-munozaralar o‘tkazildi. Mashg‘ulot to‘liq ingliz tilida tashkil etilib, talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va lug‘at boyligini oshirishga qaratildi. Yangi metod va strategiyalar yordamida talabalar o‘z bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot yakunida olingan bilimlar qayta ko‘rib chiqilib, mustahkamlandi.