March 19
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminar o`z faoliyatini davom ettirmoqda.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli uslubiy seminar o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Navbatdagi kafedra seminarida professor, f.f.d. (DSc) M.I.Gadoyeva so'zga chiqib, “How to write a research work” mavzusida axborot berib o'tdi. Dissertatsiyani belgilangan tartibda rasmiylashtirish. Iqtibosliklarni to'g'ri berish, adabiyotlar ro'yxatini shakllantirish haqida ma'lumot berildi. Uslubiy seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o'zlariga kerakli maʼlumotlarga ega bo`ldilar.