BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasida “31 may – Butun jahonda chekishga qarshi kurash kuni” munosabati bilan "Kashandalik- umr zavoli" nomli ma`rifat soati o`tkazildi.
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida 2025-yil 27 may kunida "Kashandalik- umr zavoli"nomli ma`rifat soati o`tkazildi. Inson tabiati yangilikka tashna. U xoh foydali, xoh zararli yangilik bo‘lsin, uni o‘z hayotida, albatta, qo‘llab ko‘rgisi keladi. Globallashuv shiddati ong-qalbimiz va hayotimizda shunday o‘zgarishlar sodir etmoqdaki, undagi foydali jihatlardan ko‘ra, zararlilari tez orada o‘z aks ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Bugun har bir yoshu qari chekish – bu zararli odat ekanligi, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini biladi.
Insonning zamonaviy hayot tarzida chekish ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘luvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Tamaki iste’moli sog‘liqni saqlash va faoliyat samaradorligining pasayishini inobatga olganda, milliy iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi. U sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni chuqurlashtiradi va qashshoqlik muammosini yanada kuchaytiradi, chunki kam ta’minlangan kishilar eng asosiysi - oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash uchun kamroq mablag‘ sarflashadi. Tamaki iste’moli natijasida erta o‘lim holatlarining 80 foizi past va o‘rta darajali daromad oluvchi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
Yodingizda bo‘lsin, chekish sog‘lig‘ingiz uchun zarardir!
Davra suhbati qizg`in tarzda olib borildi va savol javoblarga boy bo`ldi.