April 12

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti I.Urunova  tomonidan  “Sea of life: The teen years" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o`tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Urunova Iroda tomonidan Reading and Writing fanining Reading Modulidan “Sea of life: The teen years” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi. Dars 11-7ING-23guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi. Darsda o'quvchilarning o'qitish ko'nikmalari turli xil mashq va o'yinlar orqali oshirildi. Ayniqsa matnning asosiy g'oyasini ilg'ab olish ko'nikmasi o'quvchilarning topshirilgan matnni o'qib undagi ma'lumotlarni presentatsiya qilish mashqi orqali rivojlantirildi. Individual, juft va guruh bo'lib ishlash usullaridan foydalanildi.
Ushbu ochiq dars ilmiy pedagogik rahbari va fan o'qitivchisi f.f.f.d (PhD) F.S.Vaxidova , f.f.f.d (PhD), dotsent M.U. Saidova tomonidan kuzatildi va kerakli tavsiyalar berildi.