June 5
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida Yakuniy Davlat Attestatsiyasiga tayyorgarlik samarali tashkil qilinmoqda.
2024-2025 oquv yilida 60230100 – Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo'nalishi bitiruvchi talabalari 18-iyun kuni mutaxassislik fani "O'rganilayotgan til nazariy aspektlari" fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazilishi munosabati bilan 5-iyun kuni bitirivchi talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasi to'g'risida konsultatsiya berib o'tildi. Talabalarga "O'rganilayotgan til nazariy aspektlari" fani o'z ichiga 4 ta nazariy fanlarini jumladan Leksikologiya, Nazariy grammatika, Nazariy fonetika, O'rganilayotgan til tarixi fanlarini qamrab olganligi, talabalarga fanlar doirasida biron bir savol tug'ilsa kafedra o'qituvchilaridan kelib konsultatsiya olishlari mumkinligi tushuntirib o'tildi.