March 25

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan “Bola - aziz, tarbiyasi undan aziz” deb nomlangan Ma`rifat soati davra suhbati tarzida o`tkazildi.

2025- yil, 25-mart kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida Maʼrifat soati bo'lib o'tdi. Ma'rifat soatining bugungi mavzusi voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan “Bola - aziz, tarbiyasi undan aziz” deb nomlangan bo'lib, davra suhbati tarzida o'tkazildi.  Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda farzandlarimizni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mantiqan bir-birini to‘ldiruvchi “Oila yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Sihat-salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili” va “Sog‘lom bola yili”da amalga oshirilgan barcha ishlar hamda yoshlar tarbiyasi va ularning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil davlat siyosatining amaliy ifodasi hisoblanadi. Shu ma’noda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, deb aytgan so‘zlari farzandlarimiz jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini ekanligini isbotlaydi.    
Prezident oliy ta’lim muassasalariga qabulni oshirish pullik ta’lim hisobiga bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlab, davlat grantlari hisobidan talabalar ulushini ikki barobarga oshirishni taklif qildi. Universitetlar haqiqatan ham talab qilinadigan bilimlarni berishi kerak, dedi davlat rahbari.
2021-yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
Shavkat Mirziyoev 2021-yil uchun ham yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishni belgilab berdi. Prezident tomonidan 2021-yil oxirigacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 65 foizga, 2023-yil oxiriga qadar esa 75 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Davlat rahbari 2021 yilda 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabning moddiy-texnik bazasini ta’mirlash va yaxshilash uchun byudjetdan 2 trillion so‘m, shuningdek, 2021-yilda 2 trillion so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilishini ta’kidladi. 2000 ta nodavlat bolalar bog‘chalarini tashkil etish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

Maʼlumki, insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb-hunar tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhitiga bogʻliq. Oilaning taqdiri esa insonning oʻziga bogʻliq. Oilalarning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi ajdodlarimizdan bizga oʻtgan bilim va tajriba, madaniy qadriyatlar asosida va zamondoshlarimiz erishgan yutuqlari negizida barpo boʻladi
 Agar oilada tartib-intizom boʻlsa, uning aʼzolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga koʻchiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatida qoʻllaydilar. Bu esa ularning oʻz xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishlariga sabab boʻladi. Agar ota-ona farzandini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu xis-tuygʻu unga butun hayoti davomida yoʻldosh boʻladi. Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar huquq-erkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy etish hamda yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 40 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichning o‘ziyoq masala nechog‘li dolzarb ahamiyatga ega ekanidan darak beradi. Bu jarayonda ota-ona, mahalla-ko‘y, ta’lim muassasalari, umuman, keng jamoatchilik zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi.