December 20, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida PhD Kobilova Aziza Baxriddinovna tomonidan "Tilshunoslik" fanidan   "Sociolinguistics" mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD Kobilova Aziza Baxriddinovna tomonidan filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4 ING 24 guruh talabalari bilan "Tilshunoslik" fanidan "Sociolinguistics" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Mazkur dars davomida turli interfaol metodlardan, mavzuga oid audio va video materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi. Dars jarayonida talabalar yakka, juft bo'lib hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Dars tahliliga tashrif buyurgan kafedra a'zolari: kafedra mudiri, professor (DSc) Z.I.Rasulov, dotsent (PhD) N.D.Djumayeva, kafedra katta o'qituvchisi Z.H.Usmonova hamda kafedra o'qituvchisi A.Artikovlar darsni kuzatishdi va ochiq dars yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.