June 18

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi A.M.Naimova tomonidan 11-7ING-24-guruhi bilan Amaliy grammatika va fonetika fanidan “Types of tone” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi A.M.Naimova tomonidan 11-7ING-24-guruhi bilan Amaliy grammatika va fonetika fanidan “Types of tone” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Darsning maqsadi qilib gapirish toni turlari, ularning bir-biridan farqi, keng tarqalgan xatolarni aniqlash va konstruktiv fikr bildirishni rivojlantirish belgilangan bo’lib, asosiy materiallar va mashqlar talabalarning tanqidiy va muammoga yechim topish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Mashg'ulot uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, talabalar individual, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ochiq dars oxirida Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsentlari N.S.Qobilova, Z.B.Djalilova, M.U.Saidova kafedra o'qituvchilari N.N.Xayrullayeva va M.O‘.Ubaydullayevalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.