June 30

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.M.Muxammadiyeva tomonidan Malakaviy amaliyot fanidan “The history of Bukhara” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

2025-yil 13-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Muxammadiyeva Nigina Maxmudovna tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi III bosqich 11-8 ING–23 guruh talabalari ishtirokida “Malakaviy amaliyot” fanidan “The history of Bukhara” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlar asosida, kommunikativ hamda kontekstual uslublar uyg‘unligida olib borildi. Mashg‘ulot davomida talabalarning og'zaki nutqini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan individual, juftlik va guruhda ishlash kabi interaktiv strategiyalardan samarali foydalanildi.

Dars jarayonida “Who-What-Why”, “Project work” kabi zamonaviy o‘quv strategiyalari asosida tashkil etilgan topshiriq va mashqlar orqali talabalar faol fikrlashga, matnni tahlil qilish va yozma ifoda etishga keng jalb qilindi. Og'zaki ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik texnikalar, AKT vositalari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars samaradorligini oshirdi. Mashg‘ulotda interfaol savol-javoblar, guruhlararo loyiha ishlari, kitoblar sharhini tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha amaliy topshiriqlar orqali mavzuning chuqur tahlili amalga oshirildi. Bu jarayon talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv orqali og'zaki ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchilari PhD Z.X.Saidova, PhD N.Z.Ro’ziyeva , o‘qituvchilardan A. X.Qodirovalar tomonidan ochiq dars yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.