Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchilari M.R. Saparova va G.G.Abdullayevalar Kogon tuman 1-maktab bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yib kelmoqdalar. 2024 yilning 6-fevral kunida kafedra o'qituvchilari maktabda bo'lib, xorijiy til o'qituvchilari bilan “Teaching approaches and methods for teaching young learners" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.
Universitet o’qituvchilari o`quvchilarning ingliz tilidagi bilimarini sinash uchun ulardan har xil mavzular yuzasidan bilim doirasida so`rovnoma olib bordi. Bolalarning qiziqishlari muhokama qilindi, hamda maktab o`qituvchilarni darsga tayyorgarliklarini qaysi manbalar asosida olib borishlari haqida ingliz tili o`qituvchilari bilan suhbat olib borishdi. Ingliz tili darsi uchun qo’shimcha autentik materiallar darsning informativ funksiyasini oshirishdagi ta’sirini tushuntirib o`tdilar.
Davra suhbati davomida moslashuvchan sinf atmosferasini yaratish borasida so'z yuritildi. Inglizcha muhit, muhimi, yaxshi o'quv atmosferasiga tabiiy ravishda kirishga imkon beruvchi usullar, o'zini-o'zi boshqarish qobiliyati past bo’lgan bolalarning butun mashg'ulot davomida e’tiborini jamlashi va egallab olishiga yordam beruvchi zamonaviy usullar borasida ham o'zaro fikr almashildi.
M.R. Saparova va G.G.Abdullayeva suhbat davomida bilim va tajribalari bilan ham o'rtoqlashdilar. Davra suhbati juda qiziqarli bahs-munozara va savol-javob tarzida olib borildi va o'qituvchilar tomonidan juda ham yaxshi qabul qilindi.