BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o‘rgatish jarayonlari integratsiyasi” ilmiy maktabi doirasida ilmiy seminar o`z faoliyatini davom ettirmoqda
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasining “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til o‘rgatish jarayonlari integratsiyasi” ilmiy maktabi doirasida ilmiy seminar o'z faoliyatini davom ettirmoqda.
Seminarda kafedra dotsenti, f.f.f.d. (PhD) S.H.Axmedova dolzarb masalalardan biri hisoblangan "O'zbekiston Respublikasida ta'limga oid farmon va qarorlar" mavzusi doirasida nutq so'zladi. Ilmiy seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o'zlariga kerakli maʼlumotlarga ega bo'ldilar. Seminar davomida VM 304 son qarori, PF 5847, PQ 5047, PQ 3775, PQ 2909 va boshqa qaror, farmon va nizomlar to'g'risida atroflicha ma'lumot berildi. Mazkur mavzu yuzasidan tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.