BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sultanmuradova Dursun Sultanmuradovna tomonidan “Science and technology" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti X.X.Umurova rahbarligi ostida Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sultanmuradova Dursun Sultanmuradovna tomonidan O'qish va yozish amaliyoti fanining O'qish modulidan “Science and technology” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi. Dars 11-2ING-25 guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi. Darsda talabalar bir nechta o'qish ko'nikmalarini qo'llab, mavzuga oid matnlarni o'qishdi. Ayniqsa, matnning asosiy g'oyasini ilg'ab olish ko'nikmasi mashqlar orqali rivojlantirildi. Individual, juft va guruh bo'lib ishlash usullaridan foydalanildi. Ushbu ochiq dars PhD. Saidova Z.X., PhD. Ruziyeva N.F., PhD. S.H.Axmedova, PhD. N.N.Xayrullayevalar tomonidan kuzatildi va kerakli tavsiyalar berildi.