BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalarining malakaviy amaliyoti davom etmoqda.
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyot davom etmoqda. Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari X.X.Umurova, A.B.Qobilova hamda S.H.Axmedova rahbarligi ostida 11-1-ing-23, 11-2-ing-23, 11-5-ing-23, 11-10 -ing-23 va 11-14-ing-23 guruh talabalari Buxoro shahri tarixi, undagi Nodir Devonbegi madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Amir Olimxon madrasasi, Minorai Kalon, Ark qal'asi, Buxoroning mashhur toqlari haqida turli taqdimot va videolar tayyorlab, guruhda turli bahs-munozara va o'yin tarzlarida taqdimotlar qilishdi. Talabalarning shахslаrаrо mulоqоt mаdаniyati, kоmmunikаtiv kоmpеtеntsiyalari, оg’zаki vа yozmа mulоqоt ko'nikmalari rivоjlаntirildi. Malakaviy amaliyot davrida talabalar faol ishtirok etib, egallagan nazariy bilimlarini kelajakda va kasbiy faoliyatida amalda qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'lishmoqda.