BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti N.S.Qobilova tomonidan Amaliy grammatika va fonetika fanidan “Place prepositions, prepositions in phrase, place adverbs” mavzusida sayyor dars o`tkazildi.
2025-yil, 10-aprel sanasida Ingliz filologiyasi 11-2 ING-24 guruh talabalari bilan sayyor dars o‘tkazildi.
O'zbekiston respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti N.S.Qobilova rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi I-bosqich 11-2 ING-24 guruh talabalari bilan Amaliy grammatika va fonetika fanidan “Place prepositions, prepositions in phrase, place adverbs” mavzusida sayyor dars o'tkazildi.
Fan o‘qituvchisi xorijiy til ta’limi sohasidagi islohotlar bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan muhim ekanligi haqida gapirib berdi. Sayyor dars davomida talabalar bilan qizg‘in savol-javob o‘tkazildi. Kutubxonadagi kitoblardan foydalangan holdamustaqil ta'lim mavzulari ham muhokama qilindi.