BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotining 2-aktiv amaliyot davri boshlandi.
Buxoro davlat universiteti rektorining 29-mart 2025-yildagi 624-T-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 16-iyunidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotining 2-aktiv amaliyot davri boshlandi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti S.H.Axmedova rahbarligida 11-5ING-23 guruh talabalari bilan Buxoroi Sharif tarixi hamda Amir Olimxon madrasasi, Labi-Hovuz ansambli, Qo'sh madrasa(Abdullaxon va Modarixon madrasalari), Xo'ja Nasriddin Afandi monumenti, shuningdek, tarixiy hunarmandchilik va savdo-sotiq Toqlari(Toqi Sarofon, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon), Mag'oki Attor masjidi, Mirzo Ulug'bek madrasasi kabi tarixiy qadamjolar haqida egallagan bilimlarini amaliyotda namoyish etmoqdalar, xorijiy mehmonlar bilan muloqotga kirishib, kommunikativ va lingvistik bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo`lmoqdalar. Mazkur (faol) malakaviy amaliyot bosqichi talabalar uchun nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llab ko‘rish, ularni chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon talabalarni kelajakdagi o'quv faoliyati, til muloqoti, ravon taqdimot qilish va jamoa bilan ishlashda erkin qo‘llay olishiga keng imkoniyat yaratadi.