May 16

BuxDU  Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d., dotsent N.F.Qosimova rahbarligida 1-bosqich magistranti     Safarova Maftuna tomonidan             11-1INGK-24 guruhida Leksikologiya fanidan “Lexical analysis” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Kuni kecha Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d., dotsent N.F. Qosimova rahbarligida 1-bosqich magistranti Safarova Maftuna tomonidan 11-1INGK-24 guruhida Leksikologiya fanidan “Lexical analysis” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars davomida talabalar analiz turlari, uning leksikologiya bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda componential va transformational analysis turlarini farqlashning nazariy va amaliy jihatlari haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.
Darsning kirish qismida talabalar faolligini oshirish maqsadida “Question brackets” metodi orqali warm-up mashg‘uloti tashkil etildi. Ushbu faoliyat davomida talabalar turli leksikologiyadagi asosiy tushunchalar va ularning ma‘nosini farqlash kabi qiziqarli topshiriqlarni bajardilar.
Asosiy qismda esa “Cracked eggs” interfaol metodi qo‘llanilib, talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, berilgan yorilgan tuxumlarni ma'nosi va analiziga qarab yig'ib chiqdilar. Bu jarayonda ular so‘zning turli ma’nolarini aniqlash, leksikologiyada analizlarni farqlash hamda kollokatsiyalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Dars yakunida talabalar bilimini mustahkamlash maqsadida “Genially.com” platformasi orqali qiziqarli test o‘tkazildi. Ushbu bosqich talabalar o‘rtasida raqobat muhitini yaratib, mavzuni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.Darsning mustahkamlash qismida o'quvchilar dars boshida tarqatilgan braslet savollariga javob berishdi va KWL metodi orqali o‘rganganlarini mustahkamlashdi
Umuman olganda, ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq erishildi.