April 12

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Rakhmatova Aziza tomonidan “Cause and effect essays.First Draft. Peer evaluation” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Rakhmatova Aziza tomonidan Reading and Writing fanining Writing Modulidan “Cause and effect essays.First Draft. Peer evaluation” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi. Dars 11-1ING-23guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi. Dars davomida talabalar "Cause and Effect" insho turini yozish, va" peer evaluation" ya'ni bir birlarini ishini tekshirish va toʻgʻri fikr mulohaza berishni oʻrganishdi.
Dars interfaol usullarga asoslangan holda o‘tkazildi. Talabalar yakka, juft va guruhlarga bo‘lingan holda turli topshiriqlarni bajardilar.
Mashg‘ulot davomida talabalar mavzuga oid prezentatsiya va video rolik tomosha qilishdi, muhim ma'lumotlarni qayd qilib, savollariga javob olishdi. "Cause and Effect" insho turiga oid qator mashqlar bajarib, mavzuni mustahkamlashdi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar faol ishtirok etdilar va yozish mahoratlarini yanada mustahkamlashdi.
Ushbu ochiq dars pedagogik amaliyot rahbari PhD, dotsent A.B.Kobilova hamda fan oʻqituvchisi, Phd, dotsent M.A.Shukurova tomonidan kuzatilib, kerakli tavsiyalar berildi.