BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Djalilova Zarnigor Baxodirovna tomonidan “Technology and Communication” mavzusida ochiq amaliy mashg`ulot o`tkazildi.
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Djalilova Zarnigor Baxodirovna tomonidan 12.12.2024 kunida Filologiya va tillarni o’qitish ( ingliz tili) ta'lim yo'nalishi I bosqich 11-1 NG-24-guruh talabalari bilan Og'zaki nutq amaliyoti fanidan “Technology and Communication” mavzusida ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi. O’qituvchi tomonidan mashg’ulot bosqichlari uchun tanlangan mashqlar darsning oldiga qo’yilgan maqsadlarning erishilishiga xizmat qildi. Talabalar audio materialdagi asosiy g’oyani tinglash (listening for main idea), aniq ma’lumotlarni tinglash (listening for specific information), tag ma'noni anglash (making inferences) kabi tinglab tushunishnig tag-ko’nikmalarini mashq qilish orqali mavzuga oid bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft bo'lib hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi a'zolari: kafedra dotsentlari f.f.f.d. M.M.Raxmatova, f.f.f.d. M.U.Saidovalar hamda f.f.f.d. N.N.Xayrullayeva va kafedra katta o'qituvchisi F.E.Yuldashovalar tomonidan ochiq mashg'uloti yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.