BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi M.R.Saparova tomonidan o'zi murabbiylik qilayotgan 11-3 ing-21 guruh talabalari bilan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatini murabbiy M.R.Saparova quyidagi so’zlar bilan ochdi: Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh gʻoyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qarorida bir qator vazifalar belgilab qoʻyilgan. Jumladan, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishdir.
11-3 ing 21-guruh talabalari davra suhbati mavzusi haqida birin-ketin o’z fikrlarini berishdi: Mazkur qaror ma‘naviy yuksalish – Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish borasida tashlangan ulug‘ qadam sifatida Vatanimiz tarixidagi yorqin sahifalardan biri bo‘lib qoladi. Yuksak ma‘naviyat qalblardagi intilish, orzu-umidlarga kuch berib, ulug‘ maqsadlar yo‘lida yangi bunyodkor to‘lqinga aylantiradi, vatanparvarlik tuyg‘ulari asosida yangi umummilliy harakatga chorlaydi. Dunyoda qanday tahlikali va suronli jarayonlar kechmasin, ma‘naviyat, Yangi O`zbekistonda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlashning dolzarb masalalari milliy ruh, ezgu g‘oyalar, istiqlol shukuhi o’zbek xalqiga doimo tog‘dek tayanch bo‘ladi.
Davra suhbati davomida talabalar milliyligimiz, an'ana va milliy qadriyatlarimiz haqida ham birin ketin so'zlab berishdi.