BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi Shamamedova Zinnat Xayrulloyevna tomonidan “Climate Emergency” mavzusida ochiq amaliy mashg`ulot o`tkazildi.
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Shamamedova Zinnat Xayrulloyevna tomonidan 17.12.2024 kunida Filologiya va tillarni o’qitish ( ingliz tili) ta'lim yo'nalishi II bosqich 11-1INGK-23-guruh talabalari bilan Og'zaki nutq amaliyoti fanidan “Climate Emergency” mavzusida ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi. O’qituvchi tomonidan mashg’ulot bosqichlari uchun tanlangan mashqlar darsning oldiga qo’yilgan maqsadlarning erishilishiga xizmat qildi. Talabalar o'g'zaki nutq amaliyotini turli xil strategiyalarini qo'llagan holda gapirish va tinglab tushunish ko'nikmalarini mashq qilish orqali mavzuga oid bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Dars jarayonida talabalar yakka holda, juft bo'lib hamda guruhlarga bo'lingan holda ishladilar. Dars tahliliga tashrif buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi a'zolari: kafedra dotsentlari f.f.f.d. M.M.Raxmatova, f.f.f.d. M.U.Saidova, f.f.f.d. F.S.Vaxidova, f.f.f.d. Z.B.Djalilova va kafedra o'qituvchisi S.O'.Barotovalar tomonidan ochiq mashg'ulot yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.