BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Saodat Uktamovna Barotova tomonidan "How Do you feel" mavzusida ochiq dars tashkil o`tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi S.U. Barotova tomonidan 2024-yil 23-dekabr kuni 11-1 Nem-23 guruhi bilan Ikkinchi chet tili fanidan "How Do you feel " mavzusida ochiq o`tkazildi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsning maqsadi tinglash vazifalari va kommunikativ harakatlar orqali o'zingizni qanday his qilyapsiz mavzusida ravonlikni rivojlantirish, his-tuyg'ularga oid yangi so'zlarni o'rgatish, talabalarning asosiy g'oyalar va aniq ma'lumotlarni tinglash ko'nikmalarini oshirish hamda
his-tuyg'ularni, fikrlarni to'g'ri ifoda etishni mashq qilish imkoniyatini berishdan iborat.
Darsda his-tuyg'u bo‘yicha tanlangan so'zlarni qiziqarli mashg'ulotlar orqali o'rganish, lug‘at va muallifning maqsadini tushunish va bajarilgan mashqlar yuzasidan xulosalar ifodalanganligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning yangi so'zlar o'rganishi, o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan.
Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar: Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. Z.B.Djalilova va kafedra o'qituvchisi G.F. Xayrullayeva tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.