BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova tomonidan Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi IV-bosqich 11-7ing-21 guruh talabalari bilan "Teaching vocabulary to young learners" mavzusida sayyor dars o`tkazildi.
Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. 17 mart kuni Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi IV-bosqich 11-7ing-21 guruh talabalari bilan " Teaching vocabulary to young learners" mavzusida sayyor dars tashkil etildi. Boshlang'ich sinflarda chet tili o'qitish metodikasi fanidan seminar mashg'ulotlari "Happy Kids" nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etildi. Sayyor dars davomida talabalar maktabga tayyorlov guruhi bolalariga ingliz tilidan "Fruit", "Colours", "Vegetables", "Pets" kabi mavzularida qisqa og'zaki mashqlar o'tkazishdi . Fan o’qituvchisi Z.B.Djalilova erta yoshli bolalarning xorijiy til o'rganish xususiyatlari, mashg'ulotda bolalarni, dars jarayonini nazorat qilish yo'llari haqida o'rganilgan bilimlarni umumlashtirdi. Xulosa qilib aytganda, xorijiy til ta'limi sohasidagi islohotlar bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan muhim ekani shubhasiz. Til mutaxasislari davlatimiz tomonidan til o’rgatishga qaratilayotgan katta e'tibor va rag'batdan ruhlangan holda, asosiy ezgu maqsad — yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, dunyo bozorida raqobatbardosh, talab katta, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashga o'z hissalarini qo'shmog'i lozim.