BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari samarali davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.M.Raxmatova va katta o’qituvchisi M.R. Saparova Kogon tuman 1-maktab bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yib kelmoqdalar. Kuni kecha kafedra o'qituvchilari maktabda bo'lib, xorijiy til o'qituvchilari bilan “O‘quv portfoliosi-nazorat vositasi sifatida” mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.
Dastavval Buxoro davlat universiteti ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.M.Raxmatova so’z boshladi: Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar tajribasida keng qo’llanilayotgan nazorat vositasi bo’lgan o’quv portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga egaligiga ko’ra amaliy ahamiyat kasb etadi:
- ko’p funksiyalilik va o’zining shaxsiy muvafaqqiyatini baholash;
- individual muvafaqqiyatlar monitoringini amalga oshirish;
- imtihonni tashkil etish;
- ta’lim natijalarini xolis belgilash;
- ta’limiy muvafaqqiyatlar hamda qo’shimcha natijalarni aniq ko’ra olish;
- o’qituvchining mavjud imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko’ra olish, shaxsiy, kasbiy hamda ijodiy salohiyatiga yetarlicha baho berishdir.
Shuningdek, M.R.Saparova portfolioning online shakllari ham borligi va har bir o’quvchi o’zi internetdan foydalangan holda shaxsiy platforma yaratib u yerda o’zining yutuqlarini kiritib borishi mumkinligi haqida aytib o’tdi.
So’ngra, ular o’qituvchilar bilan suhbatda bo’lib, ularning rejalari bilan qiziqdilar va berilgan savollarga o’rinli javob berishga harakat qildilar. Davra suhbati juda qiziqarli bahs-munozara va savol-javob tarzida olib borildi va o'qituvchilar tomonidan juda ham yaxshi qabul qilindi.