May 15

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillar o`qitish (ingliz) ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabalarida malakaviy amaliyot jarayonining borishi

Buxoro davlat universiteti rektorining 29-mart 2025-yildagi 622-T-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 12-mayidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyotning 1-passiv amaliyot davri boshlandi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti A.B.Kobilova rahbarligida 10-ing-22 guruh talabalari bilan Azim Buxoroi Sharif tarixi hamda Buxoroning Yetti piri haqida nazariy bilimlarni egallashdi. Passiv amaliyot davrida talabalar mavzularga oid prezentatsiyalar tayyorlab Yetti pir haqida qiziqarli rivoyat va hikolarni aytib berishdi.
Passiv amaliyot jarayonida Buxoroning Yetti piriga doir qiziqarli afsonalar talabalarning amaliyotga bo'lgan qiziqishini yanada oshirmoqda va darslar qizg'in bahs-munozarali o'tmoqda. Amaliyot jarayonida talabalar faol ishtirok etmoqdalar. Bu jarayon talabalarning og'zaki va yozma muloqot hamda tarjimonlik ko'nikmalatini rivojlantiradi; shaxslararo muloqot madaniyati va kommunikativ kompetentsiyani shakllantiradi va rivojlantiradi.