BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Azimova Maftuna tomonidan Tilshunoslik fanidan” Functions of language’’ mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o`tkazildi.
Dars 11-6TNI-24 guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talabalar tilning turli xil vazifalari va ularning amaliyotda va turli xil kontekstlarda qo’llanilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishdi va o’zlarining bilimlarini bo’lishishdi.
Dars interfaol usullarga asoslangan holda o‘tkazildi. Talabalar yakka, juft va guruhlarga bo‘lingan holda turli topshiriqlarni bajardilar. Mashg‘ulot jarayonida Wordwall va Bamboozle interaktiv metodlaridan foydalanildi.
Mashg‘ulot yakunida fan o‘qituvchisi PhD. Axmedova Sarvinoz Hikmatovna dars jarayonini kuzatib, kerakli tavsiyalar berdilar. Dars talabalar uchun foydali bo‘lib, ularning til va uning funksiyalari haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga imkon yaratdi.