November 20, 2024

 Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Toirova Umida Sobirovna tomonidan  O‘qish va yozish fani O`qish modulidan “Food. Eating habits. Diet” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi

BuxDU, Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Toirova Umida Sobirovna tomonidan 2024-yil 13-noyabr kuni 11-1 INGK-24 guruhi bilan O‘qish va yozish fani O`qish modulidan “Food. Eating habits. Diet” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan materiallar dars mavzusiga mos bo‘lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsning maqsadi Food oziq-ovqat mavzusiga bog‘liq matnlarni skimming va scanning texnikalari orqali tahlil qilish, asosiy g‘oyalar mazmun mohiyatini tushunish, Words ladder metodi yuzasidan lug‘atni ishlash, PIE reading, Close Reading, Scavenger Hunt text, 5-WHY questions reading strategiyalaridan foydalangan holda o’qish yuzasidan keltirilgan matnllarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Dars ishlanmasi talabaga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan. Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar: Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. M.U.Saidova va f.f.f.d. Z.B.Djalilova tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.