BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Mirzayeva Mohinur tomonidan O`qish va yozish amaliyoti fanidan “Narrative Paragraph” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o`tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Mirzayeva Mohinur tomonidan o'qish va yozish amaliyoti fanidan “Narrative Paragraph” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi. Dars 11-1ING-24 guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi. Dars davomida talabalar hikoya yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, matn tarkibini to‘g‘ri tuzish, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va mantiqiy izchillikka rioya qilish kabi muhim jihatlarni o‘rganishdi.
Dars interfaol usullarga asoslangan holda o‘tkazildi. Talabalar yakka, juft va guruhlarga bo‘lingan holda turli topshiriqlarni bajardilar. Mashg‘ulot jarayonida Brainstorming, Story Mapping, Peer Review ,Gallery Walk metodlaridan foydalanildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar ijtimoiy muammolar, fantastik hikoyalar va real hayotiy voqealar asosida hikoyalar yozib, ularning mantiqiy izchilligi va badiiy ifodaviyligiga e’tibor qaratishdi.
Dars talabalarning ijodiy yondashuvini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va yozma nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qildi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar juda faol ishtirok etdilar va yozuv ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash uchun qimmatli tavsiyalar oldilar.
Ushbu ochiq dars pedagogik amaliyot rahbari dotsent Umurova X.H. hamda f.f.f.d. (PhD) Axmedova S.H. tomonidan kuzatilib, kerakli tavsiyalar berildi.