Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchilari DSc.,professor Gadoyeva M.I, PhD,Vahidova F.S, PhD, dotsent Raxmatova M.M, PhD Xayrullayeva N.N, PhD Elmanova M.T hamda K.B.Namozovalar tomonidan TTJ da “Kafedra kunlari“ doirasida tadbir o`tkazildi
Bugungi kunda hech kimga sir emaski, Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.
Shu jumladan Buxoro davlat Universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor ustozlari uchun ham yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish,yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish,milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi,yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlay olishlariga kafolat berish,jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligini ta’minlash talabalarni shu ruhda tarbiyalash ustuvor vazifadir. Shu nuqtai nazardan kafedra o’qituvchilari DSc.,professor Gadoyeva M.I, PhD, Vahidova F.S, PhD, dotsent Raxmatova M.M, PhD XayrullayevaN.N, PhD Elmanova M.T hamda K.B. Namozovalar tashabbusi bilan TTJ da “Kafedra kunlari“ doirasida 26-fevral kuni “ Odob- axloq odamning ziynati”, “Odam savdosi yoxud ma’naviy tanazzul”, va “Yoshlar o’rtasida AKT savodxonligini oshirish” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirdan so’ng talabalar uchun osh damlanib, xayriya dasturxoni yozildi. Tadbir juda ko’tarinki ruhda o’tdi.