March 12

   BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli ilmiy seminar faoliyati  kafedraning katta o`qituvchisi Z.H.Usmonova tomonidan davom ettirildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida 11.03.2025-yil kafedra huzuridagi “Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til oʼrgatish jarayonlari integratsiyasi” nomli ilmiy seminar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Seminarda kafedra katta o'qituvchisi Z.H.Usmonova so'zga chiqib, “ Badiiy matnda tahlil metodlari masalalari" mavzusida axborot berib o‘tdi.
Shuningdek, seminarda ilmiy tadqiqot olib borishda onlayn ilovalardan foydalanish xususida ham fikrlar o'rtaga tashlandi.Ilmiy seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.