December 24, 2024

Milliy hunarmandchilikni yoshlarga o`rgatish.

Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti Bakayev Shodijon Shokirovich 2024 yil 14 dekabr kuni soat 14-30 da 12-1AS(BK)-21guruhi bilan Badiiy kulolchilikda uy ro’zg’or buyumlarini ashyoda ishlash fanidan “Dekorativ buyumlar shakliga mos bezaklar berish” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.Ochiq dars jarayonida dotsent Sh.Sh.Baqoyev
Badiiy kulolchilikda dekorativ buyumlar shakliga mos bezaklar berish haqida,hamda san'atning bu turidan foydanilgan holda qanday ijodiy ishlar amalga oshirilgani haqida gapirib o'tildi.Badiiy kulolchilikda uy ro'zg'or buyumlarini ijodiy yondashib loyhalarni bajarilishi, adabiyot manbalaridan foydalanishda, ijodiy ishlar yasash bilan birga loyhani bajarilishini chuqur va har tomonlama xomaki yechimdan tortib, ayrim qismlarni badiiy jihatdan yuqori saviyada yechimni topishga qaratildi.
Ochiq mashg’ulotning nazariy qismida an’anaviy va zamonaviy talablar haqida ma’lumotlar berilib, dars davomida talabalar bilan ommaviy va yakka tartibda ish olib borilganligi, talabalarning faolligi, amaliy mashg’ulot jarayonida o`qituvchi slaydlar va inovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanilib sifatli tashkillashtirildi.Ochiq darsda shu soha mutaxassislari va kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.