January 27

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI,QO`SHMA TA`LIM DASTURLARI BO`LIMI, MJT1-24 GURUHI BILAN OCHIQ DARS O`TKAZILDI.


Bugungi kunda yoshlarni nafaqat ingliz tili,balki bir nechta xorijiy tillarda erkin muloqot qila oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Shu munosabat bilan o'qituvchi Isamova D.R tomonidan MJT1-24 guruhi talabalari bilan "Boosting basic language skills and promoting interpersonal abilities of learners" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Darsning kirish qismida talabalar turli xil tillarda o'zlarini tanishtirib,har xil millat taomlari haqida ingliz,fransuz,turk,koreys,rus tillarida erkin ma'lumot berdilar. Bundan tashqari,darsning bir qismi sifatida "Elegant table setting"mavzusi doirasida talabalar o"zlarining ijodiy mahoratlarini ko'rsatib berdilar. Dars jarayonida "deaf and blind chef", "turn back questionnaire", "listen and catch up", "exit ticket" metodlaridan foydalanildi. Shu bilan birga,ko'rgazmali vositalar,tarqatma materiallar,video roliklar ko'rsatish orqali tabalar faolligi oshirildi.Darsda Qo'shma ta'lim dasturlari professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar va dars oxirida o'z fikr mulohazalarini bildirdilar.