BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida to`garaklar faoliyati samarali olib borilmoqda.
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari 2023-2024-o'quv yilida belgilangan reja asosida turli to'garak mashg'ulotlarini o’quv yili boshidan buyon o’tib kelishmoqda. Xuddi shunday to'garaklardan biri "Step by step" deb nomlangan bo'lib, kafedra katta o'qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna tomonidan 2024-yilning 14-noyabr sanasida BuxDU TTJ 5-bino 2-qavat Ma’naviyat xonasida o’tkazildi. 10 nafar ishtirokchidan iborat ushbu to’garakda turli interaktiv o’yinlar, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib mashg’ulotlar o’tkaziladi. Talabalar bilimi baholash mezonlari orqali muntazam tekshirib boriladi. Mashg’ulotlar davomida talabalar turli taqdimotlar tayyorlab, qiziqarli mavzular doirasida bahs-munozaralar olib borishadi. Tashkil etilgan to’garak mashg’ulotida talabalar “Healthy Eating” mavzusida bahs yuritdilar. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelib tahsil olayotgan Xorazmlik, Surxondaryolik talabalar universitet hayoti, ta’lim jarayonlari haqida o’z taassurotlarini ulashdilar. To’garak mashg`uloti qiziqarli tashkil etildi.