December 15, 2025

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Naimova Aziza Muhammadovna rahbarligida sayyor dars tashkil etildi.

2025-yil 13-dekabr kuni Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishining 11-8 ING-25 guruhi talabalari ishtirokida navbatdagi sayyor dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Naimova Aziza Muhammadovna rahbarligida tashkil etildi.

Ushbu dars “Phonetics and Grammar “fanidan o‘tkazilib, “Pronouncing Short Words” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarning fonetik bilimlarini mustahkamlash, qisqa so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini amaliy mashqlar orqali chuqurroq o‘zlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Sayyor dars Buxoro shahridagi “Bookhara” kitob markazida tashkil etilib, talabalarga auditoriyadan tashqari sharoitda ta’lim olish imkonini berdi. Mashg‘ulot davomida talabalar talaffuz bilan bog‘liq nazariy bilimlarini amaliy topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirib, nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarishdi.

Mazkur dars talabalarning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim shakllarini amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Talabalar darsdan mamnun buldi.