March 10

BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori Z.I.Rasulov  tomonidan  11-4,6,8 ING - 21 guruh talabalari bilan "The Middle English Period. Subjection of English and its Reestablishment" mavzusida ochiq ma`ruza o`tkazildi. 

Bugun Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori Rasulov Zubaydullo Izomovich  tomonidan filologiya va tillarni o'qitish ( ingliz tili) ta'lim yo'nalishi IV bosqich 11-4,6,8 ING - 21 guruh talabalari bilan "O'rganilayotgan til tarixi" fanidan "The Middle English Period. Subjection of English and its Reestablishment" mavzusida ochiq ma`ruza o'tkazildi. Mazkur ochiq ma'ruza noan'anaviy interaktiv usulda olib borildi. Darsda avval o'tilgan mavzu takrorlanib, keyin yangi mavzuga o`tildi. Ma'ruza mobaynida talabalar Normandlar istilosining ingliz tili tarixida muhim o`rin tutishi, Normandlar bosqinidan keyin ingliz tili mavqeining tushib ketishi va uning qayta tiklanish bosqichlari, o`rta ingliz tili davri shevalari va London shevasi haqida qizg`in bahs yuritdilar. Talabalar darsda faol ishtirok etishdi. Mavzuga oid taqdimot va video materiallardan unumli foydalanilgan ushbu ochiq ma'ruzada mavzu keng yoritib berildi. Dars so'nggida mavzu mustahkamlanib, talabalar baholandi. Dars tahliliga tashrif  buyurgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi professorlari M. I.Gadoyeva, A.A.Haydarov, kafedra dotsentlari M.U.Saidova, N.D.Djumayeva va A.B.Kobilova lar tomonidan ochiq ma'ruza yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilindi.