BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi A.A.Yunusova tomonidan Yozish ko’nikmalari fanidan “Peer Evaluation and Error Correction in Complaint Letters” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
2024-yil 23-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi A.A.Yunusova tomonidan Filologiya va tillarni o`qitish ta`lim yo`nalishi (ingliz tili) 1-2INGK-22-guruhi bilan Yozish ko’nikmalari fanidan “Peer Evaluation and Error Correction in Complaint Letters” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Darsning maqsadi qilib shikoyat xatlarini tanqidiy baholash, keng tarqalgan xatolarni aniqlash va konstruktiv fikr bildirishni rivojlantirish belgilangan bo’lib. asosiy materiallar va mashqlar talabalarning tanqidiy va muammoga yechim topish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Mashg'ulot uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, talabalar individual, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ochiq dars oxirida Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsentlari N.S.Qobilova, Z.B.Djalilova, kafedra o'qituvchilari Z.X.Shamamedova va M.O‘.Ubaydullayevalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.