Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida to`garaklar faoliyati
Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillami amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lovchi, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli yoshlami tarbiyalashga qaratilgan keng ko’lamli ilmiy, ijodiy ishlami olib borish: - talaba-yoshlami hayotga maqsad va ishonch bilan yashashga tayyorlash, ulami eng yuksak qadriyat sifatida vaqtni qadrlash va undan samarali foydalanishga o‘rgatish bu to’garakning asosiy vazifalaridan biridir. Talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda xorijiy tillar kafedrasi ham o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Ruziyeva Nafisa Zarifovna va 2025 yil 19 mart sanasida 11- 8ING 23 guruh talabalari ishtirokida "Upgrade your level" to'garagining "An African Journey" mavzusida navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi. Mashg’ulot boshida o’qituvchi tomonidan dastlabki ma’lumotlar berildi.To’garak kommukativ o’qitish tizimi To’garakda mashg’ulot to’liq ingliz tilida olib borilib, talabalarning lug’at boyligini oshirishga va gapirish ko’nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi va ularning mahoratlarini rivojlantirish uchun yangi metod va strategiyalardan foydalanildi. Talabalar “Afrikaga sayohat” mavzusida plakat tayyorlab, taqdimot qildilar.