Yesterday

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi N.N.Xayrullayeva tomonidan talabalar turar joyiga tashrif


2026-yilning 19-fevralida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi N. N. Xayrullayeva talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar bilan suhbat jarayonida ularning o‘qishga bo‘lgan munosabati, kitobxonlik darajasi va ichki tartib-qoidalarga rioya etish holati o‘rganildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi va zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Tashrif yakunida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar qoniqarli ekani qayd etildi hamda kelgusida ham talabalarning ijtimoiy va ma’naviy faolligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.