November 23, 2024

San`atshunoslik va pedagogika fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi Avliyakulova Nafisa Muzafarovna tomonidan "Kitobxonlik -buyuk kelajak poydevori" mavzusida sayyor dars tashkil qilindi.

San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Avliyakulova Nafisa Muzafarovna tomonidan Talaba qizar bilan birgalikda 2024 yil 20 noyabr kuni "Kitobxonlik -buyuk kelajak poydevori" mavzusida sayyor dars (ekskursiya) tashkil qilindi. Kitobxonlik yosh avlodni voyaga yetkazadi va tarbiyalaydi, shuning uchun ham kitobga mehr,mutolaaga e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Davlatimiz rahbari biz yoshlarning dunyoqarashimiz shakllanishi, mustaqil fikrlashimiz, jahon va o'zbek adabiyoti durdonalari bilan yaqinroq tanishishimiz maqsadida kitobxonlik va mutolaaga doir qator islohotlarni amalga oshirmoqdalar. Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida San'atshunoslik va pedagogika fakulteti talaba qizlari bilan birgalikda kutobxonaga tashrif tashkil qilindi.