March 1

BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-bosqich magistranti Azimova  Maftuna tomonidan 11-3ing-23 guruhi ishtirokida  "Jadidlar:milliy o’zlik,istiqlol va davlatchilik g’oyalari” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 28-fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-bosqich magistranti Azimova Maftuna tomonidan 11-3ING-23 guruhi ishtirokida "Jadidlar: milliy o’zlik, istiqlol va davlatchilik" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Turkiston jadidlarining ilmiy-ma'rifiy faoliyati, ularning millat taraqqiyotidagi o‘rni va ta’siri haqida taqdimot o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar jadidlar harakati bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbir yakunida kafedra dotsenti Axmedova Sarvinoz Hikmatovna so‘zga chiqib, o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning ahamiyatini ta’kidlab, bu kabi ilmiy-ma'rifiy uchrashuvlar yoshlarning tafakkurini kengaytirish, tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.
Mazkur tadbir talabalarni jadidchilik harakati bilan yanada chuqurroq tanishtirishga, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishga hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.