January 16

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti kutubxonasida Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchilari N.N.Xayrulloyeva va G.F.Xayrullayevalar tomonidan taqdim etilgan kitoblar namoyishi bo`lib o`tdi

Joriy yilning 16 yanvar kuni Xorijiy tillar fakulteti kutubxonasida Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari N.N.Xayrullayeva va G.F.Xayrullayevalar tomonidan taqdim etilgan kitoblar namoyishi bo'lib o'tdi.Taqdimotda talabalar, professor-o'qituvchilar va kitobxonlar faol ishtirok etishdi.

Namoyishda kutubxona fondiga yaqinda kelib tushgan yangi kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida "Boost your English vocabulary" o'quv qo'llanmasi hamda "Ingliz va o'zbek tillarida so'z ma'nosi kuchayishi muammolari" nomli monografiyasi tanishtirildi. Talabalarning lug'at boyligini oshirish, ingliz tilida so'z va iboralardan to'g'ri foydalanish, shuningdek muloqot davomida ingliz va o'zbek tillarida his-tuyg'uni ifodalashda sifatlardan unumli qo`llashda ushbu kitoblardan foydalanishni tavsiya etildi. Talabalarning kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan turli savol-javoblar o'tkazildi. Bu kitob taqdimotida Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori M.I.Gadoyeva, dotsent X.H.Umurova, f.f.f.d, dotsent M.U.Saidova, kafedra katta o'qituvchisi A.A.Yunusova va f.f.f.d. N.Z.Ro'ziyevalar qatnashishdi.

Kitob namoyishi talabalarning bilimga intilishini kuchaytirishga, mutolaa madaniyatini shakllantirishga va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga yordam beradi.