May 20

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillar oqitish (ingliz) talim yo`nalishi 3-bosqich (kechki) talabalarida malakaviy amaliyot jarayonining borishi

Joriy yilning 12-may sanasidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotning 2 haftalik passiv (nofaol) amaliyot davri boshlandi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi M.T.Elmanova rahbarligida 11-3-INGIMK-23 guruh talabalari qadimiy Azim Buxoroi Sharif tarixi hamda Buxoroning Yetti pirlarining madaniy-tarbiyaviy yo'nalishi haqida nazariy bilimlarga egal bo'lishdi. Talabalar Buxoroning Yetti pirlari: Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy ziyoratgohi, Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Hazrat Said Amir Kulol, Bahouddin Naqshband haqida turli taqdimot va videolar tayyorlab, guruhda turli bahs-munozara va o'yin tarzlarida taqdimotlar qilishdi. Talabalarning shахslаrаrо mulоqоt mаdаniyati, kоmmunikаtiv
kоmpеtеntsiyalari, оg’zаki vа yozmа mulоqоt ko'nikmalari shаkllаntirilib, rivоjlаntirildi. Malakaviy amaliyot davrida talabalar faol ishtirok etib, egallagan nazariy bilimlarini kelajakda va kasbiy faoliyatida amalda qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'lishmoqda.