BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi magistranti Cho`lliyeva M.X. hamda ilmiy rahbari, kafedra dotsenti Umurova X.X. tomonidan "Kitobxon talaba" mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 27-fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi magistranti Cho'lliyeva M.X. hamda ilmiy rahbari, kafedra dotsenti Umurova X.X. tomonidan "Kitobxon talaba" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitob haqida fikr bildirib, asarning mazmun-mohiyatini ochib berdilar hamda uni o‘qishga ilhomlantiruvchi fikrlar bilan bo‘lishdilar. Shuningdek, tadbir jarayonida kitobxonlikning inson tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni, ilm olishga undovchi jihatlari ham muhokama qilindi.
Tadbirda Ingliz tilshunosligi kafedrasi professo- o‘qituvchilari Sarvinoz Hikmatovna, Izzat Ikromovich, Xayrullo Shavkatovichlar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular kitobxonlikning talaba hayotidagi ahamiyati, ilmiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kitob o‘qishning foydalari haqida qiziqarli muhokamalar olib bordilar. Ushbu tadbir talabalarning yanada ko‘proq kitob o‘qishiga, bilimlarini oshirishiga hamda yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib etishga xizmat qildi.