BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" doirasida “Kitobxonlik - 15 asrlik boqiy mashg`ulot” deb nomlangan davra suhbati o’tkazildi.
2024 yilning 16 dekabr kuni BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Xayrulloyeva Nigorabegim Ne'matilloyevna tomonidanTTJda kafedra kunlari doirasida Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yo’nalishi 2- bosqich talabalari ishtirokida “Kitobxonlik - 15 asrlik boqiy mashg'ulot” deb nomlangan davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda mas’ul kafedra o’qituvchisi Xayrulloyeva N.N. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2019-yil 19-mart kuni ilgari surgan 5ta muhim tashabbusining 4-yo'nalishi aholi va yoshlar o'rtasida kitobxonlik va uning yoshlar hayotida tutgan o'rni haqida so'z olib bordi.
Shuningdek, TTJ dagi ARM xodimi Xalilova Manzura ham talabalarning Axborot resurs markazidan muntazam foydalanishi va ularning turli yo'nalishdagi kitoblardan oqilona foydalanishi to'g'risida ma'lumot berib o'tdi. Kafedra o'qituvchisi Xayrulloyeva N.N. o'zining "AQSh yozuvchisi Meri Elis Monro asarlarida tabiatning badiiy talqini" nomli monografiyasini BuxDU TTJ talabalariga esdalik sovg'a sifatida qoldirdi. Talabalar tadbirda o‘zlarining fikrlarini erkin bayon etdilar, shuningdek bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar.
Tadbir mazmunli, qiziqarli ma'lumotlarga boy va ko’tarinki ruhda o’tkazildi.