BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Xayrullayeva Nodira Nematilloyevna rahbarligida 11-4ING 24 va 11-5ING 24 guruh talabalari bilan“Discussing modern books”mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Xayrullayeva Nodira Nematilloyevna rahbarligida 13.10.2025 sanasida 11-4ING 24 va 11-5ING 24 guruh talabalari bilan“Discussing modern books”mavzusida Og‘zaki nutq amaliyoti fanidan sayyor dars o‘tkazildi.
Dars kutubxona muhitida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar sinf xonasidan tashqarida bo‘lish orqali ingliz tilida erkin muloqot qilish,o‘z fikrini ifodalash hamda zamonaviy adabiyotlar yuzasidan. munozara olib borishdi
Boshlanishida“My favourite book”mavzusida interfaol“Find with characters”mashqi bajarildi. Unda har bir talaba o‘zining sevimli kitobidagi qahramonlarni ta’riflab berdi, guruhdoshlar esa kitob nomini topishga harakat qilishdi.
Keyingi qismda talabalar turli zamonaviy xorijiy adabiyot asarlarini muhokama qilishdi. O‘qituvchi Xayrullayeva Nodira Nematilloyevna mashhur “Jane Eyre” asarini misol qilib,undagi g‘oyalar va zamonaviy asarlar bilan o‘xshash jihatlarni tahlil qilib berdi.