BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasida malakaviy amaliyotning boshlanishi munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi
2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 2025-yil 12-may kuni Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 3-bosqich (kunduzgi va kechki ta'lim) talabalari uchun 2 va 4 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi. Amaliyotning boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda kafedraning yetakchi professor-o'qituvchilari N.F.Qosimova, A.A.Yunusova M.A.Shukurova, A.B.Qobilova, Z.B.Jalilova, S.H.Axmedova, N.Z.Ro'ziyeva, A.M.Naimova, Z.X.Saidova, N.A.Nazarova, I.I.Akramov va N.X.Navro'zovalar mazkur amaliyot davrida amaliyot rahbarlari bo'lib, ular talaba yoshlarga Buxoroning Yetti Pir ziyoratgohlari haqida nazariy bilimlarni o'rgatib kelmoqdalar. Darslar jarayonida belgilangan mavzular doirasida taqdimotlar o'tkazilib, video materiallar tanishtirilmoqda. Darslarda talabalar juda faol ishtirok etishmoqda. Amaliyot jarayoni yaxshi tashkil etilgan. Amaliyot yakunida amaliyot rahbarlari va talabalar bilan birgalikda Buxoroning Yetti Pir ziyoratgohlariga sayohat uyushtirilishi rejalashtirilgan.