April 28

Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti M.S.Sayfiyeva  tomonidan tilshunoslik fanidan “DISCOURSE ANALYSIS” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.

Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi
lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Sayfiyeva Madina Saydulloyevna tomonidan tilshunoslik fanidan “DISCOURSE ANALYSIS” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi.
Dars 11-2TNI-24 guruhi talabalari ishtirokida ilmiy-pedagogik amaliyot rejasi asosida o‘tkazildi.
Dars davomida talabalar "Discourse analysis", "Paralinguistic clues", "Top-down and Bottom-up processing", "Conversational exchange", "Speech acts", "Phatic communion", "Pragmatic value", "Substitution", "Ellipsis", "Cohesive devices", "Discourse markers", "Neutral and Marked words" kabilar nima ekanligini, ular qachon va qanday holatlarda ishlatilishini oʻrganishdi.
Dars interfaol usullarga asoslangan holda o‘tkazildi. Talabalar yakka, juft va guruhlarga bo‘lingan holda turli topshiriqlarni bajardilar.
Mashg‘ulot davomida talabalar mavzuga oid rasmlar va tarqatma materialardan foydalanib mashqlar bajarishdi, tushuntirishlar davomida muhim ma'lumotlarni qayd qilib, savollariga javob olishdi. "Discourse analysis" mavzusiga oid qator mashqlar bajarib, uning matni "Jigsaw reading" usuli yordamida mustahkamlandi.
Mashg‘ulot jarayonida kirish qismida o'tilgan mavzularni takrorlash uchun tayyorlangan savollarga barcha talabalar to'liq va to'g'ri javob berdilar va dars oxirigacha faol ishtirok etdilar, shuningdek, o'qish va gapirish mahoratlarini yanada mustahkamladilar.
Ushbu ochiq dars pedagogik amaliyot rahbari f.f.f.d., dotsent Saidova Muxayyo Umedilloyevna tomonidan kuzatilib, kerakli tavsiyalar berildi.