BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna rahbarligida 11-10 ING 22 va 5-juftlikda 11-9 ING 22 guruh talabalari bilan sayyor dars o‘tkazildi.
2025-yil, 28-aprel sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna rahbarligida 3-juftlikda 11-10 ING 22 va 5-juftlikda 11-9 ING 22 guruh talabalari bilan sayyor dars o‘tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Yuldasheva Feruza Erkinovna rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi III-bosqich 11-9, 10 ING-22 guruh talabalari bilan Madaniyatlararo muloqot fanidan “Materials for teaching culture: signs” mavzusida Xorijiy tillar fakulteti yonidagi "Bookhara" kutubxonasida sayyor dars tashkil etildi.
Madaniyatlararo muloqotda turli madaniy belgilar (ya'ni ramzlar, imo-ishoralar, urf-odatlar, qadriyatlar va til) juda katta ahamiyatga ega. Ular muloqotning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tushunilishiga, ishonchning shakllanishiga yoki buzilishiga, hamkorlik va do‘stlikning rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi. Madaniyatlararo muloqotda turli madaniy belgilarni bilish va ularga hurmat bilan yondashish – muvaffaqiyatli va samimiy muloqot uchun zaruriy shartdir. Sayyor dars davomida talabalar bilan mavzu yuzasidan qizg‘in savol-javob o‘tkazildi.