February 20

YOSHLARGA BERILGAN IMKONIYAT – KELAJAK POYDEVORI

Hozirgi kunda intellektual jihatdan yetuk, ijodiy salohiyatga ega, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallagan, mamlakatning munosib kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan yoshlarni tarbiyalash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol ijodiy va yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilar hamda talabalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Berilgan imtiyozlar natijasida 2025-yil 10-fevralda Buxoro Davlat Universitetida bir qator talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, xalqaro olimpiada va onlayn fan olimpiadalari g‘oliblari sifatida e’tirof etildi.

Jumladan, Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Nazarova Navbahor Ahrorovnaning ilmiy rahbarligida “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabasi Yuldosheva Niginabonu O‘zbekiston Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lish imkoniyatini qo`lga kiritdi va uning ilmiy rahbari Ingliz tilshunosligi kafedeasi o`qituvchisi N.A.Nazarova tashakkurnoma bilan munosib taqdirlandi.