December 5, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi PhD Saidova Zulfizar Xudoyberdiyevna tomonidan “Reflective learning” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi PhD Saidova Zulfizar Xudoyberdiyevna tomonidan 2024 yil, 4-dekabr, III juftlikda 11-7 ING-24 guruhi bilan "O‘g‘zaki nutq amaliyoti fani Mustaqil ta'lim ko'nikmalari modulidan “Reflective learning” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Mashg'ulot uchun tayyorlangan materiallar dars mavzusiga mos bo‘lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar.
Blum taksonomiyasi( bilish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez va baholash) ga asoslanib tashkil qilingan mashg'ulotda " Aqliy hujum", "Muammoli vaziyat", Ven diagrammasi","BBB" kabi texnika va metodlardan foydalanildi.
Dars so'nggida talabalar " Reflektiv ta'lim" mavzusida  o'rgangan bilimlari asosida aks ettiruvchi guruhlarga bo'linib o'z presentatsiyalari yordamida muammolarga yechim topishdi. Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar: Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD  M.A.Shukurova, N.Z.Ruziyeva , katta o'qituvchi F.E.Yuldasheva va o'qituvchilar G.G.Abdullayeva, G. Xayrullayeva  va magistrant talabalar  tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.