BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillar oqitish (ingliz) talim yo`nalishi 2-bosqich talabalarida malakaviy amaliyot jarayonining borishi
Joriy yilning 2-iyun sanasidan boshlab Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun 4 haftalik malakaviy amaliyotning 2-passiv (nofaol) amaliyot davri boshlandi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Z.H.Usmonova rahbarligida 11-6-ing-23 guruh talabalari qadimiy Azim Buxoroi Sharif tarixi(barpo etilishi, davrlar bo'yicha tarixi, maydoni aholisi, iqlimi),Amir olimxon madrasasi, Minorai Kalon, Masjidi Kalon, Miri Arab madrasasi, Ismoil Samoniy maqbarasi, Chashmai Ayub maqbarasi, Bolo Hovuz, Ark qal'asi, Qo'sh madrasah, Chor Minor, Buxorodagi Toqlar, Abdulazizxon madrasasi, Ulug'bek madrasasi, Nasriddin Afandi monumenti hamda Labi Hovuz majmuasi(Nodir Devonbegi madrasasi, Ko'kaldosh madrasasi) kabi tarixiy qadamjolarning tarixiy va madaniy-tarbiyaviy yo'nalishi haqida nazariy bilimlarga ega bo'lishdi. Talabalar Buxoroning ushbu madaniy merosi tarixiy joylari haqida turli taqdimot va videolar tayyorlab, guruhda turli bahs-munozara va o'yin kabi qiziqarli materiallar taqdim qilishdi. Talabalarning shахslаrаrо mulоqоt mаdаniyati, kоmmunikаtiv kоmpеtеntsiyalari, оg’zаki vа yozmа mulоqоt ko'nikmalari shаkllаntirilib, bayon qilish, notiqlik kabi malakalari rivоjlаntirildi. Malakaviy amaliyot davrida talabalar faol ishtirok etib, egallagan nazariy bilimlarini kelajakda va kasbiy faoliyatida amalda qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'lishmoqda.